"Real" jamoa xavbeki Mateo Kovachichni sotishni xohlamaydi.
20-iyul kuni xorvatiyalik futbolchi "Real Madrid" bosh murabbiyi Xulen Lopetegi bilan uchrashuv o'tkazdi va uchrashuvdan asosiy maqsad Kovachich jamoadan ketmoqchi ekanligi va uni transferga qo'yishlarini so'rashdan iborat bo'ldi.
Lopetegi Mateodan jamoada qolishni so'radi, biroq 24 yoshli futbolchi bunga rad javobini bildirdi. Buni eshitgan "Manchester Siti", "Roma" va "Bavariya" futbolchiga xaridor bo'ldi. Ammo madridliklar hech bir taklifni qabul qilmadi.
"Qirollik klubi" futbolchini jamoa bazasiga qaytishini kutmoqda va yana bir bor kelajagini muhokama qilishga umid qilmoqda. Kovachich 5-avgust kuni mashg'ulotlarga qaytishi rejalashtirilgan.
Bobojonov