Yaqinda internetda paydo bo'lgan Ronalduning egizak farzandli bo'lgani haqidagi xabar ko'pchilikni ajablantirdi. Buning sababi shundaki, xabarda bu egizaklarni ham surrogat ona dunyoga keltirgani aytilgandi. Ronalduning yana surrogat onaga murojaat qilgani esa hammani ajablantirdi. Chunki portugaliyalik futbolchining birinchi farzandini ham surrogat ona dunyoga keltirgan degan xabarlar bor, biroq...
SURROGAT ShUNChAKI BAHONA
Ha, xorij matbuot nashrlarida Ronalduning birinchi farzandi surrogat onadan emasligi, aslida, uni ofittsiant ayol dunyoga keltirgani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi. Xabarlarga ko'ra, Ronaldu Amerika g'arbidagi restoranlardan birida xizmat qiluvchi ofitsiant qizni yoqtirib qoladi. Tabiiyki, u qiz ham Ronalduga moyillik bildiradi. Ularning o'rtasidagi munosabat qalinlashgan paytda bundan Ronalduning onasi xabar topadi. U bunga qarshilik qiladi, biroq bu paytda ofittsiant qiz homilador bo'lib ulgurgandi. Ronaldu farzandidan voz kechishni istamaydi, ofitsiant qizni esa kattagina pul evaziga bo'lib o'tgan voqealarni unutishga ko'ndirishadi. Matbuotda esa ofitsiant qiz surrogat onaga aylantiriladi. Bu voqea bo'yicha Ronalduning o'ziga ham murojaat qilishgan, biroq u bunga hech qanday javob berishni istamagan. Faqat bir gapni tinimsiz takrorlaydi: o'g'limning onasi yo'qligi fojia emas, muhimi uning ajoyib otasi bor”.
EGIZAKLARNING TAQDIRI HAM ShUNDAYMI?
Ronalduning egizaklari Amerikada dunyoga keldi. Bunga shaxsan uning opasi bosh-qosh bo'ldi. Vaholanki, ayrim nashrlarda yozilishicha, Krishtiano o'tgan yili aynan shu erda hordiq chiqargan, sayohat qilgan, demak, uning egizaklari surrogat bo'lmasligi ham mumkin. Ular bu safar ham haqiqiy onaning surrogatga aylanishiga Mariya Doloresh dush Santush Aveyru xonimni aybdor deb bilishmoqda. U uncha-buncha qizni kelin qilishga rozi bo'lavermaydi, Ronaldu esa onasining ra'yiga qarshi chiqmaydi, chunki uning hozirgi kunlarga etishida onasining hissasi katta. Onasi Ronalduga boyvachcha, mashhur qizlarni kelin qilishni xohlaydi. Ayni damda Jorjina uning didiga qisman mos kelmoqda.
BU HOL QANChA DAVOM ETADI?
Tabiiyki, surrogat ona mojarosi Ronalduning mashhurligiga qisman soya solmoqda. Ayni damda boshqa futbolchilar oila qurib, farzan ko'rayotgan bir paytda Ronaldu bilan bog'liq bunday voqealar ko'pchilikda unga nisbatan salbiy fikr uyg'otishi tayin. Shuning uchun, bizningcha, Ronaldu bunday voqeliklarga chek qo'yishi kerak.