«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Primeraning 36-turidan o'rin olgan «Granada»ga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritilmadi.
Bosh murabbiy Zayniddin Zidan jamoa etakchilarining hordiq chiqarishi uchun, tarkibni tez-tez o'zgartirishga majbur bo'lmoqda.
Qizig'i shundaki, Krishtianu Ronaldu deyarli 2 oydan buyon Primeraning safar o'yinlarida maydonga tushmagan. U so'nggi marta 18 mart kuni Bilbaoda «Atletik» klubiga qarshi o'ynagan edi. Shundan keyin Primerada 4ta o'yin o'tkazgan bo'lsa, barchasi o'z maydonida, deb xabar bermoqda Marca.