Avval "Chelsi", "Inter" va "Real"ni boshqargan mutaxassis, hozirda "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino o'zi kelgan jamoalar qay ahvolda bo'lgani haqida gapirdi.
"Men har doim g'alaba qozonishni istaydigan, ammo undan minglab mil uzoq masofada bo'lgan jamoalarni tanlaganman. "Real" sardori Serxio Ramos yaqinda uchinchi marta EChL g'olibi bo'ldi, ammo men 2010 yilda "Real"ga kelganimda hatto chorakfinalda bir marta ham o'ynamagan edi", - deydi Mourino.