"Real"ning yangi bosh murabbiy Xulen Lopetegi "Chelsi" etakchisi Eden Azarning transferidan voz kechib, jamoa hujumchisi Iskoga tayanmoqchi.
Lopetegi Ispaniya termasini boshqargan vaqtda, "Real"dagi ishlari u qadar yaxshi bormayotgan Iskoni doim asosiy tarkibda tushirib kelgan. Endi 26 yoshli futbolchi "Real"ning asosiy tarkibida muntazam va qatt'iy o'ringa ega bo'ladi.
Avvalroq, "Real" Azarga qiziqayotgani, "Chelsi" esa uni 200 mln evro evaziga qo'yib yuborishi mumkin ekani xabar qilingan edi.