Ispaniyaning Marca nashri “Real” muxlislari o'rtasida so'rovnoma o'tkazdi.
“Real” muxlislar o'rtasida jamoani tark etgan Krishtianu Ronalduning o'rniga kimni olib kelish borasida so'rovnoma o'tkazildi.
Unda “qaymoqranglilar” ishqibozlari Xarri Keyn nomzodini qo'llab-quvvatlashdi. So'rovnomada 9 nafar futbochlining nomzodi ko'rsatilgan edi.
Muxlislarning 26 foizi Xarri Keynga ovoz berishdi. Edinson Kavani va Mauro Ikardilar 14 foizdan jamg'arishib 2-3 o'rinni egallashdi.
Mariano Dias va Robert Levandovskilar 12 foizdan egallashdi. Ushbu so'rovnomada 200 nafar muxlis qatnashdi.