Kolumbiyalik futbolchi ushbu yozda "Madrid"ga qaytmaydi, bu haqida futbolchining o'zi aytib o'tdi.
"Bavariya" esa yarimhimoyachining o'tgan mavsum ko'rsatgan o'yinidan to'liq qoniqish hosil qilgan va ular Xamesni o'tgan mavsum bo'yicha muxlislar tomonidan eng yaxshi futbolchilardan biri deya tan olishdi.
"Bavariya" rahbarlaridan biri Karl-Xaynz Rummenigge va bosh murabbiy Niko Kovach futbolchi ushbu yozda "Myunxen"ni tark etmasligini aytib o'tdi. Xamesning o'zi esa "Bavariya" klubidan minnatdor. Bu klub unga yetarlicha o'yin amaliyoti va asosiy tarkibdan joy berdi (Madriddagi axvoli og'ir bo'lgan bir vaziyatda). Bu haqida futbolchi shunday deydi: "Men "Bavariya"da juda baxtliman va bu klub libosini kiyishdan faxrlanaman".
Eslatib o'tamiz, Xamesni ortga qaytarish borasida "Qirollik klubi" yangi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi shaxsan o'zi tashabbus ko'rsatgan edi.
Bobojonov