Yangi murabbiy borasida dastlabki qarashlar.
Har bir murabbiyning o'z metodikasi ega va bular qanchalik foydali ekanligini mavsum yakuniga yetganda bilamiz. Valdebebasdagi issiq ob-havo hukm surayotgan bir paytda futbolchilar qattiq mashg'ulotlarga kirishmoqda. Ispan OAV o'tgan bir hafta davomida Zinedin Zidan va Xulen Lopetegining mashg'ulot jarayonlarini solishtirib ko'rishdi.
Hozirda bu ikki murabbiyni ajratib turadigan ikki xolat ko'zga tashlandi. Birinchisi futbolchilar bilan muloqat jarayoni (psixologik) va jismoniy mashqlar. Birinchi haftadagi mashg'ulotlardan ko'rinib turubdiki Lopetegi qo'l ostida "Real" jismoniy mashqlarga kam e'tibor berdi va asosan to'p bilan ishladi. Deyarli fizo mashqlar bo'lmadi desa ham bo'ladi, Zidan bilan solishtirganda.
Mashg'ulotlarda dastlab chigal yozdi mashqlar, to'p bilan ishash va trenajor zaldagi mashqlar. Ispaniyalik mutaxasis shu bilan birga Zidanga qaraganda futbolchilar bilan ko'proq muloqatga kirishmoqda. Ayniqsa yoshlar Sebalyos, Teo, Mayoral, Valexo va Llorentelar tez-tez Xulen bilan muloqatda bo'lib turishibdi. Zidan deyarli yoshlar bilan alohida suhbatlarda ishtirok etmas edi. Bular ichida Dani Sebalyosni alohida ko'rsatish mumkin. Dani Lopetegi bilan doimo muloqatda va keyingi mavsumda balki ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishi mumkin bo'lgan asosiy futbolchilardan biri bo'lib turubdi.
Bobojonov