"Real"ning sobiq yarimhimoyachisi Hames Rodriges soliq to'lashdan bosh tortgani uchun 11,65 mln evro jarima to'laydi, deya xabar beradi El Mundo.
Manbaga ko'ra, Hames 6,35 mln evro miqdordagi soliqni to'lamaganlikda ayblanmoqda. Endi futbolchi Ispaniya g'aznasiga 11,65 mln evro jarima to'laydi.
27 yoshli futbolchi soliq hisobotini Ispaniya norezidenti sifatida topshirgan. Soliq idorasi uning kenga ichtisodiy faoliyat yuritganini aniqladilar va Ispaniya rezidenti sifatida soliq to'lashi kerakligini ta'kidladilar.