Krishtianu Ronalduning jamoadan ketishi Garet Beyl bilan vaziyatni o'zgartirishi mumkin. Har holda Zidan va Ronaldu ketgunga qadar jamoadan ketishga asosiy da'vogar aynan Garet Beyl qaralayotgan edi.
Agarda "Chelsi" a'zosi Eden Azar "Real"ga o'tgan taqdirda ham, Beylning jamoada lider bo'lishiga qarshilik ko'rsatilmaydi deya ta'kidlamoqda, Marca nashri.
Moliyaviy jihatdan ham olib qarasak, Beyl - qulay nomzod. Uelslik futbolchi BT, Nissan, FootLocker, EA Sports va Adidas kompaniyalari bilan tuzgan shartnomasi orqali yiliga 40 mln yevro jamaoga foyda keltiradi. Beyl orqali "Real" birgina Adidas kompaniyasi ortidan yiliga 26 mln yevro foyda ko'radi.
Shu bilan birga Azar ham bu borada yomon ko'rsatgichga emas. U ham Nike, Topps, Lotus Bakeries, Sina Sports va EA Sports kompaniyalari bilan shartnoma imzolagan. Biroq u Beyldan ko'ra kamroq mablag'ga shartnoma imzolagan.
Bobojonov