24 yoshli yarimhimoyachi Mateo Kovachich yana bir bor klubdan ketishni istashini aytib o'tdi.
"Bu yerda muammo shundaki yosh futbolchilar muntazam maydonga tushishga qiynalishadi va shuning uchun men bu yerda o'z potensialimni namoyish qila olmayman. Albatta, agarda men zahirada o'tirsam, o'zimni baxtli xis etmayman. Bu yerda ajoyib 3 mavsum o'tkazdim sovrinlar yutdim va do'stlar orttirdim.... Ammo men butkul baxtli emasman. Chunki muvaffaqiyatlarda mening xissam yetarli emas edi. Men bu vaziyatni o'zgartirishni istayman", - deydi Kovachich Marca nashriga bergan intervyusida.
Madridliklar Kovachichni 50 mln yevrodan kamiga qo'yib yubormoqchi emas.
Bobojonov