"Real" klubi o'z tarkibini "PSJ" hujumchisi Edinson Kavani bilan kuchaytirish variantini ko'rib chiqmoqda.
AS xabariga ko'ra, urugvaylik futbolist madridliklar safiga o'tishga qarshi emas.
31 yoshli futbolchi Frantsiya chempionatining o'tgan mavsumida 40 o'yinda 48ta gol urdi, JCh-2018da 4 o'yinda 3 ta gol urdi.
"PSJ" prezidenti Nosir Al Helayfiy futbolchining sotilishi mumkinligini inkor qilmagan.
Kavani 2013 yilda "Napoli"dan "PSJ"ga o'tgan.