"Real" "PSJ" hujumchisi Edinson Kavani variantini ko'rib chiqmoqda.
AS nashri xabariga ko'ra 31 yoshli urugvaylik hujumchi Krishtianu Ronaldu jamoadan ketganidan so'ng uning o'rniga to'purar sifatida taklif etilishi mumkin deya ta'kidlamoqda.
"El Matador" o'tgan mavsumda "PSJ" tarkibida 48 ta o'yinda 40 ta gol kiritishga muvaffaq bo'ldi va shuningdek, JCH-2018 da ham 4 ta o'yinda 3 ta gol kirita oldi.
"Qirollik klubi" rahbarlari ushbu transfer borasida muhokama o'tkazishmoqda. Parijliklar egasi Nasir Al-Xelayfi ham Kavanini sotish fikri borligi sir emas. Sababi hujumchi jamoadan Neymardan so'ng eng ko'p maosh oluvchi futbolchi hisoblanadi.
Bobojonov