Jahon chempionati ishtirokchilari 28-iyuldan boshlab AQSH turnesida mashg'ulotlarga kirishadi. Mundialda qatnashmagan futbolchilar esa allaqachon Valdebebasdagi bazada mashg'ulotlarda ishtirok etishmoqda.
JCH qatnashgan futbolchilar ichida Toni Kroos va Keylor Navas birinchilardan bo'lib jamoa ixtiyoriga yetib kelishadi. Sababi ularning jamoalari guruhdan chiqa olishmagan edi.
Keyingi navbatda Ispaniya terma jamoasi safida ishtirok etgan futbolchilar: Nacho, Ramos, Asensio, Isko, Karvaxal va Lukas. Braziliyaliklar Marselo va Kazemirolar biroz keyinroq mashg'ulotga qo'shiladi. Va eng oxirda Luka Modrich, Mateo Kovachich va Rafael Varan mashg'ulotlarga kirishadi. Ularning UEFA Superkubogida ishtirok etishi so'roq ostida.
Jamoa 28-iyul kuni Madriddan AQSHga uchadi va u yerda Xalqaro Chempionlar kubogida "Manchester Yunayted", "Yuventus" va "Roma" bilan kuch sinashadi.
15-avgust kuni esa UEFA Superkubogi doirasida Estoniyaning Tallin shahrida "Atletiko Madrid'ga qarshi maydonga tushadi.
Bobojonov