"Tottenhem Xotspur" darvozaboni Ugo Loris faoliyatini "Real"da davom ettirishi mumkin deya xabar beradi The Sun.
Manbaga ko'ra, madridliklar 31 yoshli darvozabon uchun londonliklarga 67,5 mln evro to'lashga tayyorligini ma'lum qildilar. Ammo frantsiyalik posbonning shartnomasi 2022 yilgacha tuzilgan va "Tottenhem" u bilan xayrlashmoqchi emas.
Agar bu transfer amalga oshsa, Loris futbol tarixidagi eng qimmat darvozabonga aylanadi. Ayni paytda bu maqomga yaqinda "Roma"dan "Liverpul"ga o'tgan Alisson ga bo'lib turibdi - 62,5 mln evro.