"Tottenxem" darvozaboni Ugo Lloris faoliyatini "Real"da davom ettirishi mumkin, bu haqida The Sun nashri xabar berib o'tadi.
Yuqoridagi nashr xabariga ko'ra madridliklar 31 yoshli darvozabon uchun 60 mln funt (67,5 mln yevro) taklif etmoqda. Ugoning "shpor"lar bilan amaldagi shartnomasi 2022-yilda yakuniga yetadi.
Agarda ushbu transfer amalga oshsa, Lloris jahonning eng qimmat darvozaboniga aylanadi. Bir necha xafta oldin Alisson "Roma"dan "Liverpul"ga o'tib dunyoning eng qimmat darvozaboniga aylangan edi (62,5 mln yevro).
Bobojonov