“Portu” himoyachisi Aleks Telles faoliyatini Madridning “Real” klubida davom ettirishi mumkin.
Portugaliyaning Record nashri xabar berishicha, “Qirollik klubi” Braziliyalik futbolchini “Yuventus”ga o'tib ketishi kutilayotgan Marseloga munosib nomzod deb bilmoqda.
Eslatib o'tamiz, “Portu” futbolchini 40 milliondan kam bo'lmagan summaga qo'yib yuborishga rozi.