"Liverpul" darvozaboni Lori Karius o'zining tanqidchilari va ustidan kulgan insonlarga Instagram orqali javob berdi.
"Burovning omadsizligi va azoblanishidan xursand bo'ladiganlarga rahmim keladi. Sizlarning hayotingizda jahlingizni chiqargan va nafratingizga sabab bo'ladigan bunday voqealar bo'lmasligini tilayman. Yaxshi kunlaringiz ko'p bo'lsin", - deydi Karius.
Nemis darvozaboni EChL finalida ("Real" 1:3) ikkita xatoga yo'l qo'ygan edi, shundan so'ng ko'pchilikning tanqidi ostida qoldi.
Kecha Halqaro chempionlar kubogi turnirida "Borussiya"ga qarshi o'yinda Loris to'pni urib yuborishda xato qildi va golli vaziyat vujudga keldi. Bu yangi tanqidlarga sabab bo'ldi.