“Real” prezidenti Florentino Peres jamoaning transfer siyosati haqida fikrlarini bildirib o'tdi.
“Futbol haqida tushuncha o'zgargani haqida hammamiz bilib turibmiz. Biz yangi davrga ko'nikishimiz kerak.
Qolaversa, jamoamiz uchun yosh futbolchilar kerak ekanligini unutmasligimiz lozim. Ular bizning kelajagimiz.
Bir necha kun oldin, ta'kidlagnimdek jamoaga ajoyib futbolchilarni jalb qilamiz. Biz Odriosola va Vinisius bilan shartnoma imzoladik.
Bir kun kelib dunyo yulduzi bo'laman, degan yosh iqtidor sohiblariga ishonch bildirishda davom etamiz. Mana nega “Real” yosh futbolchilarni jiddiy tarzda qidirmoqda”, - deydi Peres.