Ispaniya terma jamoasining sobiq darvozaboni, hozirda "Portu" posboni Iker Kasilyas "Liverpul"dagi hamkasbi Lori Kariusning tarafini olib chiqdi.
Karius EChL finalida "Real" bilan uchrashuvdagi xatolaridan so'ng tanqid va kinoyalar ostida qolib ketdi.
"Kariusga hujumlar qachon to'xtaydi? Dunyoda jiddiy muammolar ko'p! Uning tinch qo'ying! U ham xuddi biz kabi odam!", - deb yozadi Kasilyas tvitterda.