Marca nashrining xabariga ko'ra "Madrid" yarimhimoyachisi Mateo Kovachich 20-iyul (juma kuni) Valdebebasdagi bazaga tashrif buyurib shaxsan Xulen Lopetegi bilan uchrashuv o'tkazgan. Yuqoridagi nashr xabariga ko'ra Kovachichning shaxsan o'zi murabbiydan o'zini boshqa klubga qo'yib yuborishini so'radi, garchi Lopetegi uni bu shashtidan qaytarishga intilgan bo'lsada 24 yoshli futbolchi fikridan qaytmadi.
Eslatib o'tamiz, Kovachich klubdan ketish vaqti kelganligi haqida may oyida Marca nashriga bergan intervyusida aytib o'tgan edi. Kovachich asosiy tarkib futbolchisi bo'lishni xohlashini va yangi mavsumda ham KKM triosi soyasi bo'lishini tushinib yetdi. "Qirollik klubi" rahbarlari futbolchini qo'yib yuborishni xohlamasliklarini ma'lum qilgan bo'lsa, xorvatiyalik yarimhimoyachi jiddiy ravishda o'zini transferga qo'yishlarini soradi. U yozgi ta'tildan qaytgach yangi jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etishni istaydi.
Kovachich "Real"da zahirada o'tirishi terma jamoadagi faoliyatiga ham ta'sir o'tkazmasdan qolmadi. U jahon chempionatida Xorvatiyaning zahira futbolchisi sifatida qolib ketishga majbur bo'ldi.
Bobojonov