"Bavariya"ning sobiq bosh murabbiyi Yupp Xaynkes "Real" va Germaniya terma jamoasi yarimhimoyachisi Toni Kroos haqida hazil qildi.
"Kroos 27 yoshigacha uch marta EChL g'olibi bo'ldi, "Bavariya" bilan trebl qildi va Germaniya bilan jahon chempioni bo'ldi. ndi u butsasini mixga ilsa ham bo'laveradi.
Toni strategdir. U "Real"da o'yinchi sifatida yana o'sdi. Kroos murabbiylar istaganidek o'ynaydi", - deydi Haynkes.
Futbolchining o'zi faoliyatini hali yakunlamasligini ma'lum qildi.
"Bu sovrinlar ega bo'lganim uchungina faoliyatimni yakunlay olmayman. "Real"da yoki Germnaiya termasida yangi maqsadlarim bor. Men hamma narsada g'olib chiqishni istayman", - deydi Kroos.