Ispaniyaning “Espanol” jamoasi futbolchisi Mario Ermoso faoliyatini Rossiyaning “Zenit” klubida davom etirishga yaqin turibdi, deya xabar beradi La Contra Deportivo.
Manbaning xabar berishicha, Mario Ermosoga rossiya klubidan taklif tushgan. Transfer yaqin kunlarda amalga oshishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Mario Ispaniyaning boshqa bir klubi “Real Madrid” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O'tgan mavsum futbolchi 22 ta uchrashuvda maydonga tushib 1 ta gol urishga erishgan.