«Real» prezidenti Florentino Peres Krishtianu Ronaldu ketganidan keyin jamoaga yangi hujumkor futbolchi kerak ekanini ta'kidlagandi. «Soccer.ru» sayti Madrid jamoasiga qaysi futbolchilar foyda keltirishi mumkinligi haqidagi maqolani chop etdi.
Ronalduning transferi kutilmagan bo'ldi. «Real»ning siyosati o'zgardimi yoki Florentino Peresning qarashlarimi? Boisi, shu paytgacha Madrid klubi yulduz futbolchilarni tarkibga jalb qilish bilan shug'ullangandi. Figu, Zidan, Ronaldo, Kaka va Krishtianularning transferlari fikrimizning isboti. Peres yulduz futbolchilardan qachonki ularning foydasi tegmay qolganida yoki jamoada boshqa etakchi paydo bo'la boshlaganidagina voz kechgan. Bu safar esa hammasi boshqacha. Ronaldu hamon eng kuchli futbolchilardan biri, hamon gollar urmoqda, qolaversa, «qirollik klubi» tarkibida uning o'rnini bosa oladigan futbolchi hali yo'q edi. Shu holatda Peres portugaliyalik yulduzni ikkilanmay sotib yubordi.
Bundan tashqari, «Real» prezidenti birinchi bor yozgi transferda yirik xaridni amalga oshirmadi. Pogba, Neymar va Mbappelarning xarid qilinishi mumkinligi borasida gap-so'zlar tarqaldi, biroq yakunda Peres hech kimni sotib olmadi. Ehtimol, bundan buyon rejalar o'zgarar?..
Robert Levandovski («Bavariya»; Polsha)
Levandovski butun boshli karerasini Bundesligada o'tkazmoqchi emas, Peres esa bir necha yil oldin unga shartnoma taklif qilgandi. Sababi, Chempionlar ligasining avvalgi mavsumlaridan birida Levandovski «Borussiya» safida o'ynab, «Real» darvozasiga naq 4 ta gol kiritgan, o'shandan buyon Peresning qalbida polshalik hujumchiga nisbatan «muhabbat» paydo bo'lgandi. Shu bilan birga Ronaldu chap qanot hujumida o'ynaydi. «Real» esa Raul, Ronaldo va van Nistelroy ketganidan keyin markaziy hujumchiga yolchimay kelyapti. To'g'ri, Levandovski mundialda yaxshi ishtirok eta olmadi, ammo bu uning iqtidorli futbolchi ekanligiga soya sola olmaydi.
Mauro Ikardi («Inter»; Argentina) davomi