"Real Madrid" yangi futbolchisi Vinisius JR o'z kumiri "PSJ" hujumchisi Neymar JR ekanligini aytib o'tdi.
"O'ylashimcha mening o'yin tarzim Neymarga o'xshaydi. U - mening kumirim, kumir barcha braziliyaliklarda bo'ladi! Men Neymar bilan bitta jamoada o'ynashni xohlayman va buning iloji bo'lsa men tez orada Braziliya terma jamoasida birga to'p surishimiz mumkin", - deydi Vinisius.
Eslatib o'tamiz, 18 yoshli futbolchi "Flamengo"dan "Real"Ga 45 mln yevro evaziga ko'chib o'tgan edi.
Bobojonov