Fransuz "Madrid"ga qarshi o'ynashni xohlaydi.
"Atletiko Madrid" futbolchisi Antuan Grizmann UEFA Superkubogida qatnashishni xohlamoqda. Aslida Fransiya terma jamoasining barcha futbolchilar 21 kunga ta'tilga chiqishgan bo'lsada, Grizmann 6-avgustdan boshlab "Atletiko" ixtiyoriga qaytib kelmoqchi va mashg'ulotlarni boshlamoqchi. "Matraschi"lar murabbiylari jamoasining asosiy yulduzi bilan tavakkal qilmoqchi emas, lekin fransuzning o'zi "Real Madrid"ga qarshi o'ynashni istamoqda.
Eslatib o'tamiz, "Qirollik klubi" tarkibidagi futbolchilar Rafael Varan, Luka Modrich va Mateo Kovachich aniq "Atletiko"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.
Bobojonov