Turinning “Yuventus” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya bilan aloqalarni butunlay uzish uchun Ispaniyadagi uyini sotmoqchi.
Portugaliyalik futbolchi mulkini mamlakatdagi soliq xizmati bilan munosabatlari yomonligi uchun sotmoqchi. Shuningdek, Ronalduning 22 ta avtomobili futbolchining Portugaliyadagi uyiga olib boriladi.
Eslatib o'tamiz, “Real” Ronalduni “Yuventus”ga 112 million evro evaziga sotib yubordi.