"Real" himoyachisi Daniel Karvaxal "Barselona"dagi hamkasbi Jerer Pikega sms yo'llab, uzr so'radi, deya xabar beradi Sport.
Buni Pike ham tasdiqladi va shunday izoh berdi: "Karvaxal - ajoyib yigit, u kechirim so'ramasa ham bo'laverar edi".
"Real" Ispaniya chempionligini qo'lga kiritganidan so'ng buni jamoa Madrid ko'chalarida nishonladi. Karvaxal ovoz kuchaytirgichni qo'lga olib "Pike, echki, chempionlarni tabrikla!" degan edi.