"Real" himoyachisi Rafael Varan jamoadoshi Serxio Ramosga qiyoslashlardan charchaganini ma'lum qildi
"Meni Serxio Ramos bilan qiyoslasalar aqldan oza boshlayman. Nima deb o'ylaysiz, undan ham kimgadir o'xshashini so'rarmikanlar? Meni qanday bo'lsam, shunday qabul qilishlarini istayman.
Etti yoshga to'lganimdan buyon meni yaxshi bola ekanimni aytishadi, ammo bunga har doim shaxsiyat sabab bo'lgan. Xarakterga ega bo'lmay turib, "Real"da faoliyat olib borib bo'lmaydi", - deydi Varan.