Bild xabariga ko'ra, "Bavariya"ning markaziy yarimhimoyachisi Tiyago Alkantara Ispaniyaga qaytishi mumkin.
Bu futbolchiga "Real" juda qiziqmoqda, uni taklif qilish fikri madridliklar ustozi Xulen Lopetegidan chiqqan.
Alkantara "Real"ga o'tishni istamayapti va u jonajon "Barselona"ga qaytmoqchi. U besh yil avval kataloniyaliklar safidan Myunxenga yo'l olgan edi.
Muammo shundaki, "Bavariya" Alkantaraga 70 mln evro narx qo'ygan, "Barselona"da bu chiziqda o'yinchilar keragidan ortiq.