"Real" klubi "Monako" hujumchisi Kilian Mbappe bilan bog'liq vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko'ra, "Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres jamoadagi hujumchilardan birini sotsa, Mbappe uchun rekord miqdordagi transferni amalga oshirishga tayyor. Sotilish uchun asosiy nomzod sifatida Garet Beyl tilga olinmoqda. Karim Benzema va Krishtianu Ronaldu sotilmasligi aniq.
Uelslik zaxirada o'rindig'ida o'tirsa ham Madridda baxtli ekanini ta'kidlamoqda. Ammo ispan va ingliz matbuoti Garetning taqdirini "Manchester Yunayted" bilan bog'lashmoqda. Beyl jarohat tufayli mavsumning ko'p qismini o'tkazib yuborishga majbur bo'ldi. Asensio va Isko uning o'rnini ajoyib tarzda bosa olishdi.
Florentino Peres Beylning transferini tezlashtirishga va "Monako" hujumchisini rekord summmaga sotib olishga qaror qilgan.