Himoyachi Alvaro Odriosola “Real Madrid” futbolchisiga aylanganidan so'ng o'z taasurotlari bilan ulashdi.
“Men uchun shunday buyuk klub libosini kiyish sharaf. Albatta, bu orzu edi. Klub bilan barcha muvaffaqiyatlarga erishish uchun bor kuchim bilan harakat qilaman.
“Real Sosedad” oilam edi. U erdagi so'nggi 1,5 yil men uchun xuddi film stsenariysi kabi o'tdi. Berilgan imkoniyatni qo'ldan chiqarish niyatim yo'q. Hammaga rahmat. Hala“Madrid”, deydi futbolchi.