"Real"ning sobiq himoyachisi Kristian Panuchchining fikricha, madridliklar safida "Yuventus"ga yo'l olgan Krishtiano Ronaldu bu ishidan afsuslanishi mumkin.
"Meni "Real"dan ketishga ko'ndirgan edilar. Men Madridni tark etdim va bu faoliyatimdagi eng katta ahmoqlik bo'lgan edi. Hozir bundan afsusdaman.
Krishtianu g'alaba qozonadi, chunki u o'ta yaxshi futbolchi. Bu Krishtianu uchun normal aqlsizlik, u dunyoda eng yaxshisi. Chempion bo'lish uning qonida bor.
Ronalduning transferi – juda aqlli yurish, bu boshqa ajoyib o'yinchilarni Italiyaga chorlashi mumkin.
"Real"ni qiyin mavsum kutib turibdi. Zidan ketdi, Ronaldu ketdi. Ularning o'rnini hech kim bosolmaydi, ayniqsa, qatorasiga EChLdagi g'alabalardan so'ng", - deydi Panuchchi.