"Chelsi" yangi darvozabon sotib olmaguncha Tibo Kurtuani "Real"ga qo'yib yubormoqchi emas, deya xabar beradi belgiyalik jurnalist Kristof Terrer.
"Agar Tvitterga ishonadigan bo'lsak, Kurtua Madridda. JUda yaqin, ammo yo'q.
Dam olish kunlari "Real" va "Chelsi" o'rtasidagi muzokaralar oldinga siljigan edi. Ammo "Chelsi" avval o'ziga darvozabon topishi kerak", - deb yozadi Terrer.
Avvalroq, "Real" va "Chelsi" Kurtuaning transferi bo'yicha kelishib olganlari, tovon puli 35 mln evro atrofida bo'lishi xabar qilingan edi.