"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu mavsum yakunidan so'ng o'zi uchun tiklanish rejasini ishlab chiqdi.
Portugaliyalik futbolchi Konfederatsiyalar kubogidan so'ng 30 kunlik ta'tilga chiqmog'i lozim. Ronaldu da"Real"ning "Barselona" bilan o'yinni o'zi ichiga olgan AQSh bo'ylab mavsumoldi tayyorgarlik safarini o'tkazib yuborish ehtimoli bor.
UEFA Superkubogi uchrashuvi ham Ronalduning rejalaridan tashqarida. Madridliklar bosh murabbiyi Zinedin Zidan 32 yoshli futbolchining sog'ligiga tavakkal qilmasligi mumkin.
Zidan yangi mavsumning birinchi o'yinidan 10 kun o'tib, Ronalduni jamoa safida ko'rishi mumkin. Portugaliyalik futbolchi 15 avgust kuni Ispaniya Superkubogida "Barselona"ga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi kutilmoqda.