"Real" yarimhimoyachisi Garet Beyl madridliklar safida qolishga qaror qildi.
The Telegraph xabariga ko'ra, futbolchi dushanba kuni bosh murabbiy Xulen Lopetegi bilan suhbatda bo'lgan.
Ispaniyalik mutaxassis Krishtianu Ronalduning "Yuventus"ga o'tishidan so'ng ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishiga Beylni ishontirdi.
Lopetegi uelslik futbolchining iqtidoriga ishonishini va uning xizmatlariga tayanishini aytdi.
Futbolchi avvalroq "Real"dagi holatidan norozi ekanligi va klubni tark etish istagi borligini ma'lum qilgan edi. Unga "MYu" qiziqqan edi.