"Real"ning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan "PSJ" hujumchisi Neymarning madridliklar safiga o'tishiga qarshi bo'lgan.
Bu haqida braziliyalik jurnalist Andre Rizek Zidanga yaqin manbaga tayanib ma'lum qildi.
"Bugun Zidanning do'stidan yangilik eshitdim. U "Real"ni tark etishidan bir necha kun avval Zidan bilan Madridda kechki ovqatda birga bo'lgan.
Ularning uchrashuvida Zidan Neymarning o'tish ehtimoli haqida suhbatlashganlar. Zidanning fikricha, Marselo va Neymar bir jamoada o'ynay olmaydilar, chunki ular maydonning aynan bir qismida o'ynaydilar. Shuning uchun Zidan Neymarning o'tishiga qarshi bo'lgan", - deydi Rizek SporTV efirida.