Madridning "Real" klubi o'z bazasi Valdebebasda futbolchilarini tibbiy ko'rikdan o'tkazdi. Terma jamoadan chetda qolgan futbolchilar va yangi kelgan Vinisius Junior hamda Andrey Luninlar ham tibbiy ko'rikdan o'tishdi. Ijarada yurgan futbolchilar Martin Edegor, Federiko Valverde va Raul de Tomaslar nima sababdan tibbiy ko'rikdan o'tmaganini noma'lum. Biroq ular ertalabki mashg'ulotda bazada ko'rinish berishgan.
Portugaliyalik futbolchi Fabio Koentrau "Sporting"dagi ijara muddati tugab jamoaga qaytishi kerak edi, biroq u "qaymoqrang"lilar rejasiga kirmagan ko'rinadi.
Qolgan Jahon chempionatida qatnashgan futbolchilar 28-iyul kuni safga qo'shiladi.
Bobojonov