"Real" o'z futbolchilarining shartnomalarini yangilashga kirishdi.
AS tarqatgan xabarga ko'ra, "Qirollik klubi" birdaniga 5 nafar futbolchi bilan yangi shartnoma imzolamoqchi. Ular — Isko, Nacho, Marselo, Benzema va Karvaxal.
Isko, Marselo va Karvaxalga 2022 yilgacha bo'lgan shartnoma taklif qilinayotgan bo'lsa, klub Benzemani 2021 yilgacha olib qolmoqchi. Nachoning amaldagi shartnomasi 2021 yilgacha tuzilgan. Shu bois, "Real" uning maoshini oshirib qo'ymoqchi.
Eslatib o'tamiz, "Real" prezidenti Florentino Peres muvaffaqiyatli mavsum uchun o'z o'yinchilariga minnatdorchilik bildirishni maqsad qilgan. Xabaringiz bor, "qaymoqrangliklar" yakunlangan mavsumda Chempionlar ligasi va Ispaniya La ligasida g'olib chiqishdi.