"Yuventus" homiysi bo'lgan FIAT kompaniyasi xodimlari Krishtianu Ronalduning sotib olinishiga qarshi ish tashlash o'tkazdilar.
Avtokontsern xodimlari Ronalduning transferiga sarflangan 112 mln evroni yo'l qo'yib bo'lmas deb hisobladilar va 15 iyuldan 17 iyulgacha ish tashlashni e'lon qilgan edilar.
Natijada ish tashlashda 1700 kishidan 5 kishigina qatnashdilar (0,3 foiz xodimlar).