"Real"ning sobiq prezidenti Ramon Kalderon Krishtianu Ronalduni "Yuventus"ga sotib katta xato qilganini aytdi.
"Krishtianu Ronaldudek o'yinchini sotib yuborganlari juda qayg'uli, juda achinarli. Uni Madridga olib kelish uchun qancha harakat qilgan edik. "MYu" uni sotishni istamagan edi va bu juda qiyin bo'lgandi. Endi esa bular 100 mln.ga sotib yuborishdi.
Narxi 100 mln bo'lgan, bir mavsumda 60ta gol uradigan futbolchi yo'q. Ronalduning sotilishi - xoh milliard earoga bo'lmaydimi, yaxshi yanglilik emas. Bu tarixiy xato", - deydi Kalderon.