Yarimhimoyachi Eden Azar "Chelsi"da qolishi mumkin.
London klubi belgiyalik futbolchini qo'yib yubormoqchi emas. "Chelsi" Azar borasida "Real" va "Barselona" takliflariga rad javobii bermoqchi. Londonliklar futbolchining kamida bir yil jamoada qolishiga ishonmoqdalar.
"Chelsi" Azarga yangi shartnoma taklif qilib, unga haftasiga 300 ming funt maosh bermoqchi. Shunda Azar APLda Aleksis Sanchesdan keyin eng ko'p haq oladigan ikkinchi futbolchi bo'ladi.