"Valensiya" hujumchisi Rodrigo "Real"ga o'tishi mumkin.
Madridliklar bosh murabbiyi Xulen Lopetegi 27 yoshli futbolchi iqtidorining muxlisi hisoblanadi, mutaxassi Rodrigoni Ispaniya termasi bilan JCh-2018ga ham olib ketgan edi.
"Valensiya" bosh direktori Mateu Alemani bundan xabardor qilingan va u futbolchi uchun 120 mln evro so'ramoqda.
Rodrigoga "Real"dan tashqari o'z vaqtida "Atletiko" va "Napoli" klublari qiziqqan edilar.
Hujumchi o'tgan mavsumda 37 o'yinda 16ta gol urib, 6ta golga to'p oshirgan.