"Yuventus" bilan shartnoma imzolagan Krishtianu Ronaldu hamon Ispaniyadagi soliq bilan bog'liq muammolarni hal qilgani yo'q. Shu bois, keyinchalik unga nisbatan jiddiyroq jazolar qo'llanilishi mumkin.
Ispaniya soliq xizmati bosh kotibi Xose Mariya Molinedoning ma'lumot berishicha, portugaliyalik futbolchi talab qilingan soliqlarni to'lamasa, qamoqqa olinishi ham mumkin.
"Ronaldu "Yuventus"ga o'tgani bilan Ispaniya soliq bilan bog'liq muammolardan qutulib qola olmaydi. Hattoki Italiyada ham uni qamoqqa olish haqida order olishimiz mumkin. Ronalduning advokatlari futbolchini Ispaniya sud organlaridan himoya qilishda davom etishmoqda. Buning uchun Evropa sudi ham bor", – deya Xose Mariya Molinedoning so'zlaridan iqtibos keltirdi Marca nashri.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu qiyofa huquqidan olgan daromadni yashirganlikda ayblanmoqda. U Ispaniya g'aznasiga 15 mln evro pulni to'lashi lozim. Avvalroq Krishtianu bu pulni to'lashga rozi bo'lgani haqida xabarlar tarqatilgandi.