"Real" yarimhimoyachisi Xames Rodrigez ushbu yozda "Madrid"ga qaytmaydi. Bu haqida Ispaniyaning AS nashri xabar berib o'tadi.
"Bavariya" yangi bosh murabbiyi Niko Kovach Xamesni ushbu yozda qo'yib yuborish niyatida emas. Myunxenliklar Rodrigezning o'yinidan qoniqish xosil qilmoqda va u bilan xamkorlikni davom ettirmoqchi.
Endilikda Xamesning "Bavariya"da qolish yoki qolmasligi to'liq myunxenliklar ixtiyorida. Agarda ular istasa Xamesni 40 mln yevro evaziga sotib olish huquqiga ega.
Bobojonov