"Real" klubi "PSJ" hujumchisi Neymarni sotib olmoqchi emasligini rasman ma'lum qildi.
"PSJ" hujumchisi Neymarning klubimizga o'tishi mumkinligi haqidagi doimiy xabarlar tufayli, ma'lum qilamizki, "Real" futbolchiga qandaydir taklif bildirmoqchi emas.
Har ikki klub ajoyib o'zaro munosabatlardan zavq olmoqda. Agar "Real"da Neymarni sotib olish niyati bo'lganida, avvalo ularni bundan xabardor qilgan bo'lar edik", - deyiladi bayonotda.