Xavbek "Qizil furiya" tarkibidagi eng yaxshilardan biri.
Mundialdan erta chiqib ketgan Ispaniya terma jamoasining yarimhimoyachisi Isko o'zini jahon darajasidagi futbolchisi ekanligini yana bir bor ko'rsatdi. Alarkon doimo raqiblar darvozasi oldidan xavfli vaziyatlar yaratib turdi, garchi jamoadoshlaridan ko'makchi bo'lmagan bo'lsada.
22-raqam egasi "furiya" tarkibida asosan chap qanotda to'p surdi. Hozirda Isko ta'tilga chiqib ketgan va u Xulen Lopetegi jamoasida hech qanday baxssiz asosiy tarkib futbolchisiga aylanadi.
Statistikalarga qaraganda ham Ispaniyada eng ko'p to'p oshirish amalga oshirgan futbolchi ham Isko bo'ldi. Har o'yinda o'rtacha 110 tadan to'p uzatishlarni (aniq) amalga oshirgan. Bu degani ispanlar nima qilishni bilmasa to'pni Iskoga oshirishmoqda degani.
Bobojonov