Yangi mayin opera boshlandi.
"Real Madrid" allaqachon portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu o'rniga nomzod izlashni boshladi. Braziliyaning Globo Esporte, nashri xabariga ko'ra "qaymoqranglilar" o'z vakillari Neymarning otasi bilan uchrashish uchun Braziliyaga jo'natdi.
"Madrid" uchun bir necha yillardan beri Neymar transferning asosiy nishoni bo'lib kelmoqda. Muammo shundaki "PSJ" 26 yoshli hujumchini sotishni xohlamayapdi. Uning shartnomasi esa 2022-yilda yakuniga yetadi.
Neymarning o'zi esa Fransiyadagi debyut mavsumidan so'ng tushinib yetdiki Fransiya chempionati uning saviyasi emas va u Ispaniyaga qaytishni xohlaydi.
Bobojonov