Marca nashri xabariga ko'ra Kolumbiya terma jamoasi yarimhimoyachisi Xames Rodrigez "Madrid"ga qaytishni xohlayapdi. Shuningdek, jamoa yangi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi ham Xamesni ortga qaytarish niyatida, uning fikricha Xames u yaratayotgan jamoa o'yiniga to'liq mos tushadi.
Biroq yakuniy qarorni "Bavariya" rahbarlari qabul qilishi kerak. Chunki shartnomaga ko'ra ularda sotib olish huquqi bor. Eslatib o'tamiz, 2017-yil "Bavariya" Xamesni sotib olish huquqi bilan 2 yilga ijaraga olgan edi. Mavsum davomida esa Myunxenliklar rahbarlari bir necha bor kolumbiyalik futbolchini sotib olish niyatida ekanliklarini ma'lum qilishgan.
Ortda qolgan mavsumda pleymeker 39 o'yinda maydonga tushib 8 ta gol va 14 ta golga assistentlik qildi.
Bobojonov