1962 yildan buyon faoliyat yuritadigan Gollandiyaning mashhur Voetbal nashri tarixdagi eng kuchli futbolchilar yuztaligini tuzib chiqdi.
Ushbu ro'yhatda birinchi o'ringa besh karra “Oltin to'p” sohibi va jamoasi bilan 30 dan ortiq sovrin yutgan “Barselona” hujumchisi Leonel Messi loyiq ko'rildi.
Messi ortidan bir qator futbol afsonalari – Maradona, Kroyf, Pele va Di Stefano kabilar joy olgan.
Qizig'i shundaki, Messining hozirgi kundagi printsipial raqibi Krishtianu Ronaldu kuchli beshlikka kira olmagan.